23 sen 16:22
Yangiliklar
Boks/MMA
Entoni Joshua: “Endigi nishon - Uaylder!”
Kecha oqshom bir yo'la uchta jahon chempionlik kamarini himoya qilgan Entoni Joshua endigi rejalari bilan o'rtoqlashdi.
Britaniyalik bokschi asosiy maqsadi superog'ir vazn toifasida mutloq jahon chempioni bo'lish. Buning uchun esa u eng nufuzli hisoblangan WBC chempionlik kamarini qo'lga kiritishi kerak. Ayni paytda ushbu chempionlik kamari amerikalik Deontey Uaylderga tegishli. Uaylder 1 dekabr kuni sobiq jahon chempioni Tayson Fyuriga qarshi ringga ko'tariladi.
“Menga bu ikki bokschidan qay biri g'alaba qozonishining qizig'i yo'q. Ularning ikkisiga ham omad. G'olib chiqqan bokschi har qanday holatda ham Britaniyaga keladi. Asosiy maqsadim - Uaylder!”, - dedi Joshua.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar