03 iyu 14:38
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/39800_220.jpg)
Entoni Joshua “Uembli” stadionini “bron” qilib qo'ydi
Superog'ir vazn toifasida WBA, IBF va WBO yo'nalishlari chempioni Entoni Joshua o'zining navbatdagi jangini 22 yoki 29 sentyabr kuni o'tkazadi.
Jang manzili sifatida Londondagi muhtasham “Uembli” stadioni tanlandi. Uelsdagi “Prinsipaliti” stadioni esa zaxira arena sifatida ro'yxatga olindi. Hozircha Joshuaning raqib malum emas.
Britaniyalik jahon chempioni katta ehtimol bilan rossiyalik rasmiy davogar Aleksandr Povetkinga qarshi ringga ko'tariladi. WBC chempioni Deontey Uaylder varianti ham yo'q emas. Faqat Uaylder jangning o'z vatani AQSHda o'tkazilish tarafdori bo'lyapti.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar