12 iyu 13:02
Yangiliklar
Errol Spensning murabbiyi: "Kanelo chegarasiga etib keldi"
"Mana nima uchun Kanelo vaznidan qatiy nazar eng yaxshi jangchi emas. CHunki "pound-for-pound" lideri qanchalik uzoqqa bora olishi haqidagi savolga javob bermog'i darkor. Kanelo bu savolga yarimog'ir vaznga o'tganida javob berib bo'ldi.
Bivolning o'rnida bo'lsam, Kaneloning vazniga o'tmas edim. Nima uchun? Kanelo boshqa vaznga o'tib, chempionlik kamarini olmoqchi bo'ldi. Kanelo o'z chegarasiga etib keldi. Uning ustunligi tezkorligida bo'lsa-da, u o'zidan-da tezkorroq yigit bilan uchrashdi. U katta raqiblarni enggan. Endi bunday qila olmaydi", - dedi Jeyms Fight Hub TV YouTube kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Saul Alvares — Dmitriy Bivol jangi 8 may tongida bo'lib o'tgan edi.
Errol Spens esa so'nggi jangini 17 aprel kuni kubalik Yordenis Ugasga qarshi o'tkazgan edi.
Fikrlar