15 dek 07:46
Yangiliklar
Boks/MMA

Faryozbek Do'smatovning O'zbekiston chempionatidan chetlatilish sababi malum (VIDEO)
Hasanboy Do'smatovning ukasi Faryozbek Do'smatovning O'zbekiston chempionati final bahsidan nega chetlalilgani ayon bo'ldi.
Boks bo'yicha kattalar o'rtasida O'zbekiston chempionatining -51 kg vazn toifasida yarim final bahsida andijonlik Faryozbek Do'smatov Toshkent viloyati vakili Muhammadqodir Mamurjonovga qarshi jang qilib, hakamlar qarori bilan g'alaba qozongan va finalga yo'l olgan edi.
Faryozbek finalda akasi Hasanboy Do'smatovga qarshi ringga chiqishi lozim edi, biroq u yarim finalda raqibiga tabiiy bo'lmagan holatda tirsak zarbasini yo'llagani uchun musobaqadan chetlatilgani malum bo'ldi. Mazkur vazn chempionligi Hasanboy Do'smatovga nasib etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar