02 noy 20:02
Yangiliklar
Sambo
Faxriy sambochilarimiz jahon chempionatida 13 ta medalga ega chiqishdi
Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida sambo bo'yicha faxriylar o'rtasida jahon chempionati bo'lib o'tdi.
Uch kun davom etgan bellashuvlarda xalqaro sambo olamida sport ustaligiga erishgan 35 yoshdan yuqori bo'lganlar g'oliblik uchun kurash olib borishdi. Yakunda 7 ta yosh toifasidagi murosasiz bellashuvlarda o'zbekistonlik faxriy sambochilar 4 ta oltin, 1 ta kumush, 8 ta bronza medaliga ega chiqishdi.
Sambochilarimizdan Baxtiyor Hakimov, Sulton Isoqov, Ixtiyor Muhiddinov va Xayrillo Nasrullaev oltin, Sobir Xo'jaev kumush, Muhiddin Soliev, Ruslan Boltaev, Tilepbay Bodbaev, Hakimboy Jumaniyozov, Akbar Jo'raev, Asad Samandarov, O'rol Elmonov va Duysanbay Karimov bronza medalini qo'lga kiritdi.
Havola :
Fikrlar