So’nggi yangiliklar

18:46Президент Шавкат Мирзиеёв Геннадий Головкин билан учрашди + ФОТО 0 16:02Пэдди Пимблеттнинг рафиқаси эрининг соғлиғи ҳақида маълумот берди 0 15:08Арман Царукян: "Мен Гэтжи, Топурия Махачев билан жанг қилади" 0 13:24Ўзбекистон терма жамоаси бугун Хитой билан ўйнайди 0 12:59UFC собиқ чемпиони Шон-шуҳрат залига киритилди 0 12:36Боксчиларимиз RCC Гран-присида қандай натижалар қайд этишди? 0 12:00Тошкентда Осиё Олимпия кенгашига янги президент сайланди 0 11:33Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг 2 нафар футболчиси мавсумни Тошкент клубида бошлайди 0 11:12"Юзингга қара, пасткаш". Гэтжи жангдан кейин Пимблеттга нима деганини айтди 0 10:40Порье Гэтжининг ғалабасига муносабат билдирди 0 10:18Умар Нурмагомедов: "Спарринг шерикларим Фигейредудан кўра қийинроқ бўлганди" 0 09:42Бернарду Силва "Барселона"га ўтмоқчи, аммо каталонияликлар иккиланишмоқда 0 09:15Пимблетт Гэтжи билан жангдаги ҳакамликка муносабат билдирди 0 08:39Australian Open. Даниил Медведев ўз юришини тўхтатди 0 08:12Жастин Гэтжининг UFC'да олган бонуслари миқдори 1 миллион доллардан ошди 0

11 okt 10:56
Yangiliklar

Boks/MMA

Fazliddin G'oibnazarov qaytmoqda, u sobiq jahon chempioniga qarshi ringga ko'tariladi

Havaskor boksda Rio-2016 Olimpiadasi chempioni Fazliddin G'oibnazarov professional boksdagi navbatdagi jangini nomdor raqibga qarshi o'tkazadigan bo'ldi.

CHarm qo'lqop ustamiz 5 noyabr kuni Rossiyaning Sochi shahrida tashkil etiladigan professional boks oqshomida rossiyalik sobiq jahon chempioni Rajab Butaevga qarshi ringga ko'tariladi. Butaev 2021-2022 yillar oralig'ida WBA yo'nalishi chempioni bo'lgan. Ayni paytda u WBA reytingida 4-o'rinni egallab turibdi.   

Malumot uchun, Rajab Butaev hamyurtlarimiz SHahram G'iyosov, Murodjon Ahmadaliev, Isroil Madrimovning jamoadoshi hisoblanadi. Hisobida 14 g'alaba (11 nokaut) va 1 mag'lubiyat bor. Yagona mag'lubiyatini o'tgan yilning 16 aprel kuni o'tkazgan ilk himoya jangida litvalik Eymantas Stanyonisdan qabul qilib olgan. 

32 yoshli Fazliddin G'oibnazarov prof boksda 11 g'alaba (6 nokaut) va 1 mag'lubiyat qayd etgan. Yagona mag'lubiyatini 2019 yilda Maykl Foksdan qabul qilib olgan. 2022 yilning 2 dekbar kuni "Humo Arena"da yana bir hamyurtimiz Jamshid Karimovni ochkolar hisobiga ko'ra taslim etgan edi. Bu uning hozircha so'nggi jangi bo'lib turibdi.    

Qiziq bir malumot, Fazliddin Butaevga qarshi jang o'tkazgan uchinchi o'zbek bokschisi bo'ladi. Bunga qadar Rajab 2017 yilda bokschilarimiz SHerzodbek Olimjonov va Bahrombek Payozovni muddatidan avval mag'lubiyatga uchratgan edi. 

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing