13 may 08:02
Yangiliklar
![](/upload/storage/218449_220.jpg)
Fedor Emelyanenko Bellator reytingida 3-o'ringa ko'tarildi
6 aprel kuni Rayan Beyder CHeyck Kongoni mag'lub etib, og'ir vazn toifasida chempionlikni himoya qilgandi. Natijada, Kongo reytingda ikkinchi o'rindan to'rtinchi o'ringa, Emelyanenko uchinchi bo'ldi, ikkinchi o'rinni esa Linton Vassell egalladi. Birinchi o'rinni Valentin Moldavseiy egallab turibdi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq rossiyalik jangchi faoliyatidagi so'nggi jangini avgust oyida Bellator chempionligi uchun o'tkazishni rejalashtirayotganini malum qilgan edi. Fedor chempionlik kamari sohibi Beyder bilan jang qilish istagini bildirdi.
Fedor o'zining oldingi jangini Bellator 269 turnirida AQSHlik Timoti Jonsonni mag'lub etgan. Jonson bilan bo'lib o'tgan jangda Fyodor birinchining raunddayoq nokaut bilan g'alaba qozondi. Emelyanenko aralash yakkakurashlarda 47 ta jang o'tkazgan. Ulardan 40 tasida g'alaba qozonib, olti marta mag'lub bo'lgan va bir jang haqiqiy emas deb topilgan.
Fikrlar