30 sen 08:58
Yangiliklar

Fedor Emelyanenko: "Harbiy xizmatga chaqiruv bo'linmalaridagi xabarlarni o'qib hayratda qoldim"
"SHaxsan menda hech qanday tashvish yo'q. Hamma narsa Xudoning qo'lida, shuning uchun siz ishonishingiz kerak. Biz dunyoga qattiq bog'lanib qolganmiz. SHu sabab hamma tashvishda. Xudoning irodasi bilan boshimizdan bir tola soch ham tushmaydi.
Tanishlarim, do'stlarim orasida yaqinlik qancha ko'p bo'lsa, shunchalik xotirjam bo'laman.
Harbiy xizmatga chaqiruv bo'limlarida nimalar bo'layotgani, chaqiruvdan qochayotganlar haqidagi xabarlarni o'qib hayratda qoldim.
Hozirgacha hech qanday kun tartibi yo'q, ammo, hamma kutmoqda. Yigitlarning hali ham shartnomalari bor. Ko'ramiz, buyog'iga nima bo'lar ekan. Biz bugun uchun yashaymiz.
Hamma tayyorgarlik ko'rish va bir-biriga yordam berishda davom etmoqda. Kimdir janglarga tayyorgarlik ko'rmoqda, kimdir yordam bermoqda", — dedi MMA afsonasi.
Fikrlar