22 may 15:37
Yangiliklar
Boks/MMA
Fedor Emelyanenko va Dos Santos o'rtasidagi jang bo'lmasligining asosiy sababi aytildi
AMC Fight Night prezidenti Kamil Gajiev Eagle FC promouterlik kompaniyasi rahbari Xabib Nurmagomedovning braziliyalik Junior dos Santos va rossiyalik Fedor Emelyanenko o'rtasidagi jangni tashkil etish istagi haqida o'z fikrlarini aytib o'tdi.
"Moliyaviy tomondan aytadigan bo'lsam, Xabib ligasi bu borada savollarga javob beradi. Bundan tashqari, bu odamlar jang qilganda har doim pul topish imkoniyati oshadi. Nurmagomedovning Fedor va Dos Santos o'rtasidagi jang haqidagi gaplarida mantiq bor. Lekin, bu amalga oshadimi? Menimcha, bu jang bo'lmasligiga asosiy sabab Emelyanenkoning Bellator bilan shartnomasi. Ehtimol, Skott Koker uni qo'yib yubormas. U juda katta nomga ega jangchi. Uning brendiga katta sarmoya kiritilgan", - dedi Gajiev.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar