So’nggi yangiliklar

12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0 10:38Чимаев RAF турнирида собиқ UFC чемпионига қарши курашади, Ковингтон сафдан чиқди 0 10:07Келаси ҳафта Тошкентга келадиган Тедди Ринер Франция президентлиги сайловида қатнашмоқчи 0 09:36Месси, Мбаппе, Ямаль, Родри, Беллингем FIFPro йил рамзий терма жамоасидан жой олди, Кейн ва Роналду эса йўқ! 0 09:05ATP рейтинги янгиланди. Биринчи ракеткамиз 40 поғонага пастлади. Рейтингда янги ўзбек! 0 08:34Даниил Ейбог жорий мавсум нима учун халқаро мусобақаларда иштирок этмаётганини очиқлади 0 08:03WTA рейтинги янгиланди. Теннис маликаларимиздан бири 25 поғона юқорилади. Қолганларичи? 0 07:32Кубарси Европада йилнинг энг яхши ёш футболчисига бериладиган Golden Boy совринини қўлга киритди 0 07:01Бугун Абдусатторов Total Chess турниридаги иштирокини бошлайди 0 22:35Асадбек Самандаров Дакар Олимпиадасининг кумуш медали соҳиби 0 22:31Дакар-2026: Паризода Талабова кумуш медалга сазовор бўлди 0

23 sen 18:01
Yangiliklar

Futbol

FIFA kunlarida uchta o'yin o'tkazamiz, Osiyo Kubogidagi raqiblarimiz-chi?

Teglar :  O'zbekiston MTJ
21 sentyabrdan navbatdagi FIFA kunlari start oldi va 6 oktyabrgacha davom etadi.

Qishda Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogiga jamoalar tayyorgarlikni boshlab yuborgan. Malumki, ushbu musobaqada 24ta terma jamoa ishtirok etadi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi "B" guruhidan joy olgan bo'lib, o'z uchrashuvlarini Bahrayn, KXDR va Iordaniyaga qarshi o'tkazadi. Ushbu musobaqaga jiddiy hozirlik ko'rishni maqsad qilgan jamoamiz joriy FIFA kunlarida uchta o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

24 sentyabr. O'zbekiston - Eron
1 oktyabr. O'zbekiston - Suriya
6 oktyabr. Janubiy Koreya - O'zbekiston

Jahon chempionatidan keyin dastlabki nazorat bahsini ertaga Farg'onadagi "Istiqlol" stadionida Eronga qarshi o'tkazamiz. Bahs soat 19:00da start oladi. Vakillarimiz shundan so'ng Toshkentga qaytib, 1 oktyabr kuni Suriya termasiga qarshi maydonga tushishadi. Katta ehtimol bilan mazkur bellashuv "Paxtakor" stadionida bo'lib o'tadi.

Undan keyin safarga yo'l olamiz va 6 oktyabr kuni Janubiy Koreya bilan o'ynaymiz. Uyda ikkita o'yin o'tkazishimiz tushunarli, lekin nima uchun uchinchi uchrashuvni safarda, bo'lib ham uzoqda o'tkazishimiz g'alati.

Aytaylik, uydagi ikkita o'yindan so'ng Janubiy Koreya bilan safarda rasmiy bahs bo'lsa ham mayli edi. Bu o'z-o'zidan koreyaliklar manfaatini ko'zlab tashkil qilingan uchrashuvga o'xshab qolyapti. Uzoq o'lkaga borib ikkita o'ynab qaytishni tushunsa bo'ladi, lekin bitta o'yin uchun shuncha masofa bosib keyin yana ortga qaytish bir qancha muammolarni tug'dirishi mumkin.

Biz kabi Osiyo Kubogining boshqa ishtirokchilari ham tayyorgarlikni boshlab yuborishgan. Xususan guruhdagi raqibimiz Bahrayn bugun Saudiya Arabistonida start oladigan Ko'rfaz Kubogida ishtirok etadi. Mazkur turnirda 8ta arab jamoasi qatnashadi.
"A" guruhi - Saudiya Arabistoni, Ummon, Iroq, Quvayt.
"B" guruhi - BAA, Bahrayn, Qatar, Yaman.

Bahrayn terma jamoasi ertaga, 24 sentyabr kuni Qatar bilan bellashadi, 27 sentyabr kuni BAA bilan kuch sinashsa, 30 sentyabrda Yamanga qarshi bahs olib boradi.

Guruhdagi yana bir raqibimiz Iordaniya terma jamoasi 27 sentyabr kuni Suriya hamda 6 oktyabr kuni Venesuela terma jamoasi bilan kuch sinashadi.

Guruhdagi o'ta sirli raqibimiz KXDR (SHimoliy Koreya) terma jamoasining ushbu FIFA kunlarida nima bilan mashg'ul bo'lishi to'g'risida afsuski, hech qaerda malumot berilmagan.

X.Xoliqov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing