So’nggi yangiliklar

14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0 10:38Чимаев RAF турнирида собиқ UFC чемпионига қарши курашади, Ковингтон сафдан чиқди 0 10:07Келаси ҳафта Тошкентга келадиган Тедди Ринер Франция президентлиги сайловида қатнашмоқчи 0 09:36Месси, Мбаппе, Ямаль, Родри, Беллингем FIFPro йил рамзий терма жамоасидан жой олди, Кейн ва Роналду эса йўқ! 0 09:05ATP рейтинги янгиланди. Биринчи ракеткамиз 40 поғонага пастлади. Рейтингда янги ўзбек! 0 08:34Даниил Ейбог жорий мавсум нима учун халқаро мусобақаларда иштирок этмаётганини очиқлади 0 08:03WTA рейтинги янгиланди. Теннис маликаларимиздан бири 25 поғона юқорилади. Қолганларичи? 0

28 iyu 08:03
Yangiliklar

Futbol

FIFA prezidenti Infantino JCH-2026 shaniga aytilgan tanqidlarga javob qaytardi

FIFA prezidenti Janni Infantino JCH-2026 shaniga aytilgan tanqidlarga javob qaytarib, nafrat tarqatmaslikka chaqirdi.

Ajoyib o'yinimizni, his-tuyg'ularni, bayramlarni, ko'z yosh to'kish va quvonchli lahzalarni o'tkazib yuborganlarning barchasiga murojaat qilaman. Futbol atrofida bolalar, go'daklar, ota-onalar, bobo va buvilar birlashganini o'tkazib yuborganlarning barchasiga. O'yinlar yakunlangani uchun, butun ushbu quvonch va jipslikni o'tkazib yuborganingiz uchun uzr so'rayman. Nafrat va tanqidga shunchalik berilib ketganingiz sabab bularning barini o'tkazib yuborganingiz uchun kechirim so'rayman.

Qalam va qog'ozlari, ekranlari qarshisida o'tirib, nafrat va yolg'on mish-mishlarni tarqatayotganlarga aytmoqchiman: siz chetda o'tirgan bir paytda, biz FIFAda eng oldingi safdamiz, tashkillashtirmoqdamiz, jon kuydirib mehnat qilmoqdamiz va dunyodagi eng yaxshi shouni o'tkazmoqdamiz. Siz yashiringan bir paytda, biz Kanada, Meksika va Qo'shma SHtatlar ko'chalarini kezib, muxlislar bilan muloqot qilmoqdamiz, odamlar bilan aloqa o'rnatmoqdamiz va har bir insonning xavfsizligini taminlamoqdamiz. Siz bo'layotgan bir paytda, biz birlashtirmoqdamiz. Odamlar oilalari bilan, muxlis sifatida, yagona bir butunlik sifatida jipslashdilar.

Ushbu jahon chempionati insoniyatning eng yaxshi fazilatlarini ulug'ladi. Biz kichik mamlakatlar terma jamoalari eng nufuzli o'yinlarda faxr bilan o'ynaganiga guvoh bo'ldik. Ular o'zlariga ishongan holda, professionallardek harakat qilishdi va o'z mamlakatlarini faxrlanishga majbur etdilar. Eng muhimi — ular qaerdan bo'lishidan qati nazar, har bir inson dunyoning bir qismi bo'lishi va o'yinda muvaffaqiyatga erishishi mumkinligiga umid bag'ishlashdi. Biz hammamiz tengmiz — muxlislar ham, o'yinchilar ham, shunchaki odamlar ham. Biz FIFAda ushbu sevgi, quvonch va birdamlik lahzalarini kuzatib, cheksiz faxr va hayajonni his etmoqdamiz.

Bizga nafrat sochish uchun o'z vaqti va kuchini sarflayotganlar, iltimos, bir daqiqa xayolga toling, meditaciya qiling, duo qiling yoki shunchaki o'yinni tomosha qilib, insonlarning yuzlariga, ko'zlariga, his-tuyg'ulariga boqing. CHunki faqatgina bizning ajoyib o'yinimiz hamma bir butun bo'ladigan va qayta birlashadigan bunday favqulodda shouni yarata olishi mumkin.

Nihoyat, men FIFA prezidenti sifatida, kichik bo'lsa-da, ushbu shouga o'z hissamni qo'shganimdan cheksiz faxrlanaman. Bu juda ajoyib tuyg'u! Barchaga katta muhabbat bilan", — deyiladi Infantinoning FIFA rasmiy saytidagi murojaatida.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing