05 dek 08:21
Yangiliklar
FOTO. Jahon kubogining jamoaviy sparring bahslarida birinchi bo'ldik
Dunyoning 22ta davlatidan jami 1300 nafar sportchi qatnashgan yilning so'nggi nufuzli musobaqasida O'zbekiston yoshlar va kattalar terma jamoasi ham to'liq tarkibda (47 nafar) ishtirok etdi.
Hamyurtlarimiz musobaqaning so'nggi kuni jamoaviy sparring bahslarida barcha raqiblarini engib, umumjamoa hisobida birinchi o'rinni qo'lga kiritishdi.
O'z vazn toifalarida Jasurbek Salimov (45 kg), Malika CHorieva (63 kg), Kamronbek Toxirov (40 kg), Ruxshona Saidova (29 kg), Zarguna Axrorqulova (35 kg), Mahfuza Jumaboeva (40 kg) oltin medal bilan taqdirlanishdi.
Til bahslarida Zarguna Axrorqulova va Aleksandr CHetvertikov ham shoxsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarilishdi. Sabina Mahmanazarova esa til bahslarida kumush medalga sazovor bo'ldi.
Terma jamoamiz azolaridan Denis Kim, Evgeniy Kim, Gulijon Bahromova (46 kg), Nafisa Usmonova (23 kg) va Oygul Bolat (52 kg) bronza medali bilan Toshkentga qaytishadi.
Fikrlar