12 avg 10:04
Yangiliklar
FOTO. Toshkentda “Tokio-2020”ga ochko beruvchi turnir boshlandi
13 avgustga qadar davom etadigan taekvondo WTF bo'yicha Butunjahon taekvondo federaciyasi Prezidenti kubogi - G2 turkumiga kiruvchi Osiyo mintaqasi bahsida 30 dan ortiq davlatdan 500 nafardan ziyod taekvondo ustalari dayanga chiqishyapti.
Musobaqaning ilk kuni terma jamoamiz azolari shoda-shoda medallarni qo'lga kiritishdi. -59 kg vazn toifasidagi hamyurtimiz Ibrohim Axmadov barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, oltin medalgi qo'lga kiritdi.
-78 kg vazndagi sportchimiz Abdulaziz Mahmudov ham shoxsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarildi. Yoshlar o'rtasidagi -42 kg vazn toifasidagi bahslarda dayanga chiqqan Intizor Abdualimova kumush medalga sazovor bo'ldi.
+78 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Diyor Mo'ydinov terma jamoamizga bronza medalini taqdim etdi. Ushbu turnir Tokio-2020 Olimpiya o'yinlari uchun licenzion ochkolarni taqdim etishi bilan ahamiyatlidir.
Fikrlar