So’nggi yangiliklar

19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0 10:23Тўрт карра Олимпиада чемпиони Мо Фара "Samarkand Marathon 2026" амбассадори бўлади 0

14 mar 11:48
Yangiliklar

Boks/MMA

Frensis Ngannu: "Men deyarli uch yil Jon Jons bilan jang qilishga harakat qildim"

Teglar :  Frensis Ngannu
Og'ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni Frensis Ngannu Jon Jonsning tanqidlariga munosabat bildirdi.

"Men deyarli uch yil Jon Jons bilan jang qilishga harakat qildim. Suhbatlar Jairzino Rozenstrayk bilan jangimdan so'ng boshlandi. Keyin ular Stipe Miochich bilan jang qilishimni, so'ng g'olib Jonsga qarshi oktagonga chiqishini vada berishdi. Ammo, bu amalga oshmadi. Bu jang bo'lishi uchun qo'limdan kelganini qildim. Oxir-oqibat UFC meni ushlab qolish uchun, o'zim istamagan narsani qilishga majburlab, mendan foydalanayotganini tushundim. Bu jang bo'lishini juda xohlardim. Ammo, har qanday gonorarga ko'ngan holda emas" - dedi Ngannu.


SHu bilan birga, Ngannu Jons bilan jangi qanday yakunlangan bo'lishi mumkinligi haqidagi savolga to'g'ridan-to'g'ri javob berishdan qochdi.

"Jangda hamma narsa sodir bo'lishi mumkin. SHuning uchun Jon Jonsni nokaut qilaman deya olmayman. Ammo, bu jang hech qachon bo'lmagani uchun biz hech qachon buni bilmaymiz. Endi har kim o'zi uchun jang qanday tugashini aytishi mumkin. Jang biz o'ylagandek bo'lmasligi mumkin. Jang qanday bo'lishini hech qachon aniq bilmaysiz" - deya qo'shimcha qildi Ngannu.

Bir hafta oldin Jon Jons Siril Ganni mag'lub etdi va vakant bo'lib turgan og'ir vazn UFC kamariga ega chiqdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing