29 dek 13:45
Yangiliklar
Boks/MMA

Frensis Ngannu: "Men Gandan yaxshiroqman va men uning atrofidagi shov-shuvlarni to'xtataman"
Og'ir vazn toifasida UFC chempioni Frensis Ngannu vaqtinchalik chempion va sobiq jamoadoshi Siril Ganga qarshi bo'lajak jangi haqida gapirdi.
«U yaxshi, u istedodli, bu aniq va shuning uchun u hozir shu erda»,- dedi Ngannu o'zining You Tube kanalida. "Men shunchaki undan yaxshiroqman. Men Ganning atrofidagi shov-shuvni to'xtatadigan odamman. Men jangga chiqishni kuta olmayman.
Deyarli to'rt yildan beri Amerikada mashg'ulot o'tkazaman. Uch yildan beri esa Fernand Lopesni («Ngannou»ning sobiq murabbiyi – tahr.) ko'rmadim, shuning uchun u so'nggi uch yildagi o'yinim haqida hech narsa bilmaydi. Men jang qilganimda, yaxshilanganimni ko'pchilik ko'ra olmaydi, chunki mening janglarim uzoq davom etmaydi",-dedi Ngannu.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar