04 jan 17:55
Yangiliklar
Frensis Ngannu murabbiyini yig'lashga majbur qildi
Bu haqida UFC sobiq chempionining murabbiyi Erik Niksik malum qildi.
“Bir jangchi tomonidan to'langan eng katta gonorar edi. Bu men kutganimdan ham ko'proq bo'ldi. SHubhasiz, Frensis menga doimo g'amxo'rlik qilgan, ammo bu safar u meni hayratda qoldirdi. Men o'zimning bank hisob raqamimni ko'rganimda, yig'lab yuborgandim. Uning bu harakati meni ko'z yosh to'kishga majbur qildi, chunki u mening hayotimni o'zgartirdi — nafaqat professional, balki moliyaviy jihatdan ham.
Bu menga katta moliyaviy erkinlik berdi. Menga murabbiylikdan zavqlanish hamda ota va er bo'lishdan zavqlanish imkonini berdi. Men endi yangi mashina sotib olib, dam olish kunlari bolalar bilan bog'ga borishim mumkin. Frensisning boksga o'tishi uning jamoasiga bo'lgan munosabatini juda o'zgartirdi. U bizni sevadi va barchamizga g'amxo'rlik qiladi”,-dedi Niksik.
Eslatib o'tamiz, Ngannu Taysonga qarshi jang orqali 15 million dollarga yaqin gonorar olgan. Asosan jangchilar daromadini 5-20 foizini murabbiylarga beradi.
Fikrlar