07 iyu 19:30
Yangiliklar

Frensis Ngannu UFC’ga qaytishi mumkin
Bu haqda jangchining murabbiyi Erik Niksik malum qildi:
"Og'ir vazn divizioni hozir tanazzulda. Menimcha, Frensis shu bo'shliqni to'ldirishi mumkin. Men ular o'z kelishmovchiliklarini hal qilishlarini xohlardim. Frensis boshidanoq yuqori maosh to'laydigan va boksga ruxsat beriladigan joyda jang qilishni xohlagan.
U ringda o'zini sinab ko'rdi, etarli pul ishladi. Endilikda unga pul emas, raqobat muhim. Va eng kuchli raqobat – UFC’da.
Dana Uayt oqilona ishbilarmon va u tushunadi: gap egoda emas, kompaniyaning manfaatlarida. Agar ular kelisha olsa va bu taraflarga foyda keltirsa – nega yo'q?
Aspinall 600 kundan buyon vaqtinchalik kamarni ushlab turibdi. Men aytmayapmanki, Ngannu muammoning yagona echimi, lekin u bu divizionning nufuzi oshadi. O'tmishni o'tmishda qoldiring. Hamma pul ishlaydi, hamma rozi bo'ladi – ishlar oldinga siljiydi", – dedi u “Home of Fight” nashriga.
Fikrlar