15 okt 13:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Frensis Ngannu Xasbikning UFC bilan shartnomasi haqidagi gaplariga ajoyib javob qaytardi + FOTO
Og'ir vazn toifasida UFC chempioni Frensis Ngannu ijtimoiy tarmoqlarda Xasbik nomi bilan mashhur dog'istonlik bloger Xasbulla Magomedovning UFC bilan shartnomasi haqidagi so'zlariga javob qaytardi.
"O'ylaymanki, mening keyingi kamar himoya jangim Xasbik bilan bo'ladi", - deb yozgan Ngannu.
Avvalroq, Xasbik UFC bilan shartnoma imzolagani borasidagi fikrlarga javob qaytargan edi.
Malumot uchun, uning bo'yi 93 sm, og'irligi esa taxminan 18 kg. SHu yilning sentyabr oyida Xasbik UFC bilan besh yillik shartnoma imzoladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar