So’nggi yangiliklar

08:03Total Chess. Абдусатторов иштирок этган турнирда 1/2 финалчилар аниқланди 0 07:32Миллатлар лигаси. Италияда йирик мағлубият, Зидан шогирдлари зафар қучишди, Испания ниҳоят ютқазди 0 07:01Шара Буллет UFC`да 100 миллионга жангда ютқазишни таклиф қилишгани ва ҳатто рақибни ҳам айтиб ўтди 0 18:41Белбоғли кураш. Кучлилар Фарғонада аниқланди 0 18:10Майкл Моралес: "Махачевдаги камарни Эквадорга олиб кетаман" 0 17:39"Реал Мадрид" етакчиси билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Хабиб фаолиятини якунлаётганида унга қўлимдан келган барча нарсани таклиф қилганман" - Дана Уайт 0 16:37Дана Уайт ташкил этмоқчи бўлган жангларни санаб берди 0 16:04Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди 0 15:33Афсонавий Роналдиньо профессионал футболга қайтиши сабабини ошкор қилди 0 15:02ММА жамоатчилигининг Харрисон - Нуньес жангига муносабати: "Тарихдаги энг ёмон режа" 0 14:31UFC 334 турнирининг бонус соҳиблари эълон қилинди 0 14:00Мераб Двалишвили "ишкалдаги дўсти" Саба Лазишвилига UFC томонидан шартнома таклиф этилганини айтди 0 13:29Банклар "Манчестер Сити"ни молиялаштиришдан бош тортмоқда 0 12:58Арман Царукян PFL ва Bellator жангчисига қарши баҳс олиб борди 0

26 fev 10:50
Yangiliklar

Taekvondo

“Fujairah Open” turnirining so'nggi kuni bittadan kumush va bronza

23-25 fevral kunlari BAAning Fujayra shahridagi “The Sport Hall” sport arenasida taekvondo WTF bo'yicha G1 toifasiga kiruvchi “Fujairah Open” xalqaro turniri bo'lib o'tdi.

Mazkur musobaqada o'smir va kadetlardan iborat 547 nafar taekvondo ustasi bahs olib bordi. Turnirda O'zbekiston terma jamoasi ham katta tarkib bilan ishtirok etdi.

Bosh murabbiy Akmal Ergashev va murabbiy Jasur Boyqo'ziev qo'li ostida kattalar terma jamoasi tarkibida Valentin Xegay (-54 kg), Temur O'rolov (-58 kg), Nikita Rafalovich (-74 kg), Maksim Rafalovich (-80 kg) kabi etakchi dayan ustalarimiz medallar uchun dayanga chiqishdi.

O'zbekiston taekvondo WTF associaciyasi rahbariyati Abduvohid Rahimov boshchiligidagi o'smirlar hamda Sobir Nazaralievning kadetlar jamoasiga ham xalqaro musobaqada katta ishonch bildirdi.


Musobaqaning birinchi kuni kadetlar tarkibida Daniil Kim, Amirbek To'raev, Azizbek Rahmonberdiev oltin, Javohir Xolmurodov kumush medalni qo'lga kiritgan bo'lsa, kattalar jamoasi sharafini himoya qilgan Temurbek O'rolov delegaciyamizga bronza medalini keltirdi.

Ikkinchi kuni o'smirlar hisobiga Islom Yo'ldoshev, Dinora Muxtorova, Feruza Sodiqova bronza medalini yozib qo'ygan bo'lsa, kattalar tarkibida harakat qilgan Nikita Rafalovich kumush, Maftuna Ergasheva, Svetlana Osipova, Valentin Xegay bronza medali bilan kifoyalanishdi.

Kecha xalqaro turnirning so'nggi kuni sportchilarimiz yana ikkita medalga sazovor bo'lishdi. SHuhrat Salaev kumush, -80 kg vaznda dayanga chiqqan Maksim Rafalovich esa bronza medalini qo'lga kiritdi. 


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing