05 iyu 16:12
Yangiliklar
![](/upload/storage/221901_220.jpg)
Fyodor Emelyanenko: "Menga dos Santos bilan jang qiziq emas"
Avvalroq, Xabib Nurmagomedovning AQSHda Bellator promousheni rahbari Skott Koker bilan uchrashgani va aynan shu jang yuzasidan muzokara o'tkazgani haqida xabar berilgandi.
"Menga Xabibning jamoasidan hech kim murojaat qilmadi. Skott Koker bilan uchrashuv belgilangandi. Bilishimcha, Skottga bu jang qiziq bo'lmagan. Ochig'i, shaxsan menga ham Junior dos Santos bilan jang qiziq emas. U bilan jangda isbotlaydigan narsam qolmagan", — deya Okko studiyasida intervyu bergan Emelyanenko.
Fyodor oxirgi jangini Bellator 269 turnirida AQSH vakili Timoti Jonsonga qarshi o'tkazib, birinchi raunddayoq nokaut evaziga g'alaba qozongandi. Emelyanenko MMAda jami 47 ta jang o'tkazgan bo'lib, 40 tasida zafar quchgan. Olti bor mag'lubiyat alamini totib ko'rgan va yana bir jang o'tkazilmagan deb topilgandi.
Fikrlar