01 okt 08:15
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyodor Emelyanenko uchun eng ehtimoliy raqib nomi nomi aytildi
Bellator'ning malum qilishicha, rossiyalik Fyodor Emelyanenkoning faoliyatidagi so'nggi jangi uchun eng ehtimoliy raqib bu - amerikalik Rayan Beyderdir!
"Beyder - bu eng ehtimolga yaqin variant. Anderson Silvaga kelsak, u bilan hech qanday aniq muzokaralar bo'lmagan", - deya TASS nashri Bellator'dan iqtibos keltirgan.
Fyodor Emelyanenko umumiy hisobda 47 ta jang o'tkazib, ularning 40 tasida g'alaba qozongan. Oltita jangda Fyodor mag'lub deb topilgan. Yana bir jang esa natijasiz qoldirilgan.
Emelyanenko so'nggi jangini o'tgan yilning oktyabr oyida Bellator 269 turniri doirasida Timoti Jonsonga qarshi o'tkazib, birinchi raunddayoq raqibini texnik nokautga uchratgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar