22 jan 09:58
Yangiliklar
Boks/MMA, Sambo
Fyodor Emelyanenkoga "Rossiyada xizmat ko'rsatgan murabbiy" unvoni berildi
Rossiya Federaciyasi sport vaziri Mixail Degtyarev afsonaviy MMA jangchisi Fyodor Emelyanenkoga sambo bo'yicha "Rossiyada xizmat ko'rsatgan murabbiy" unvonini topshirdi.
"Yuqori davlat unvoni Emelyanenkoning sambo rivojiga, malakali sportchilarni tayyorlashga va milliy yakkakurash maktabi nufuzini mustahkamlashga qo'shgan ko'p yillik hissasining etirofi bo'ldi", - deyiladi Butunrossiya sambo federaciyasi saytidagi xabarda.
Malumot uchun, 49 yoshli Emelyanenko jangovar sambo bo'yicha to'rt karra jahon va to'qqiz karra Rossiya chempioni, sambo bo'yicha Rossiyada xizmat ko'rsatgan sport ustasi hisoblanadi.
Aralash yakkakurashlarda "So'nggi Imperator" laqabini olgan Fyodor o'ta og'ir vaznda 40 ta g'alaba va 7 ta mag'lubiyat qayd etgan. U so'nggi jangini 2023 yilning fevralida o'tkazgan, o'shanda u amerikalik Rayan Beyderga imkoniyatni boy bergan (TKO 1) edi.

Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar