26 sen 16:41
Yangiliklar

Fyuri bugun ham Joshuaga shartnomani eslatdi
"Biz har qanday holatda ham dushanba kuni superjang tashkil etilish yoki etilmasligi haqida bilib olamiz. Agar dushanba kuni ham bu ish qilinmasa, men o'yindan chiqaman. Men uch hafta oldin optimistik kayfiyatda edim, ammo shartnoma imzolash jarayoni bunchalik cho'zilmasligi kerak. Men so'nggi 5 ta jangidan uchtasida mag'lub bo'lgan qandaydir bolakayni kutib o'tirmoqchi emasman. Men unga kamar uchun jang qilish uchun imkon berayotganim, uning omadi. Aks holda u yana uzoq vaqt kutishi mumkin. U o'z shartlarini aytishini istamayman. U mening oqshomimga chaqirilgan mehmon. Mening qoidalarim. Agar bu o'yinni o'ynamoqchi bo'lsangiz, banketga keling va joyingizni egallang. Agar bo'lmasa, o'z banketingizni tashkil qiling", - dedi Fyuri.
Fikrlar