09 okt 10:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri faoliyatini davom ettiradi - Taysonning promouteri
Professional boksning superog'ir vazn toifasida sobiq WBC, WBO, IBO, WBA Super, The Ring, IBF yo'nalishlari chempioni Tayson Fyuri ringga qaytadi.
Bu haqda uning promouteri Frenk Uorren xabar berdi. U mijozining 2026 yilda ringga qaytishi va navbatdagi jangini o'tkazishni rejalashtirayotganini malum qildi.
"O'tgan hafta u bilan gaplashdim. Tayson kelasi yili qaytib, jang o'tkazmoqchi ekanini aytdi. Ha, Tayson ortga qaytmoqchi", - deya Uorrenning so'zlarini keltiradi The Ring jurnali.
Eslatib o'tamiz, shu yil yanvar oyida "Lo'lilar qiroli" professional boksdagi faoliyatini yakunlaganini malum qilgandi. Ammo yoz boshidayoq Fyuri kelasi yili yana qaytib, Usik yoki Joshuaga qarshi jang o'tkazishdan manfaatdor ekanini bir necha bor aytgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar