31 okt 12:58
Yangiliklar
Boks/MMA
Fyuri - Ngannuga qarshi jang haqida: "O'zimni zanglagan temirdek his qildim"
Britaniyalik bokschi Tayson Fyuri o'zining Frensis Ngannuga qarshi jangidan ko'ngli to'lmaganini aytdi.
"Tayming bilan muammolarim bo'lishini his etdim. Ringga chiqmaganimga deyarli bir yil bo'lib qolgandi, shu sababli o'zimni zanglagan temirdek his qildim. Borim shunday. Bu men istagan boksdan anchagina uzoq. Bu biz ko'rishga o'rganib qolgan Tayson bo'lmadi. Bu haqida qayg'urish va oldinga harakatlanish kerak", - dedi Fyuri jangdan keyin.
Eslatib o'tamiz, shanba kuni Ar-Riyodda boks kechasi tashkil etilgandi. Oqshomning asosiy jangida Tayson Fyuri hamda Frensis Ngannu ringga ko'tarilishdi. O'n raundlik jangning uchinchi raundida nokdaun holatiga tushib qolgan bo'lsa-da, Fyuri yakunda hakamlarning ayri qarori bilan g'alabaga erishgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar