14 iyu 19:10
Yangiliklar
Boks/MMA
Fyuri qachon jang qilishi mumkin? Promouter javob berdi
Entoni Joshuaning promouteri Eddi Xirn Tayson Fyuri bilan jang hali amalga oshishi mumkinligi haqida gapirdi.
"O'ylaymanki, Entoni va Fyuri o'rtasidagi jang hali amalga oshishi mumkin. Mendan bu jang qachon bo'lishi haqida doim so'rashadi. Ammo u eng avvalo Usik bilan jang qilishi lozim. Albatta xech kim bir mag'lubiyat ortidan ikkinchisini qabul qilib olishni istamaydi. Ammo Usik balki hozir birinchi raqamli jangchi bo'lishi ham mumkin.
Aleksandrga yutqazib qo'yish qo'rqinchili emas. Bu Fyuri bilan ehtimoliy jangga tasir qilmaydi. Ammo agar Entoni Usikni mag'lubiyatga uchratadigan bo'lsa, biz avtomatik tarzda dekabr oyida Tayson Fyuri bilan jang qilamiz. Balki bu barcha davrlarning eng yaxshi jangi bo'lar", - dedi Xirn.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar