19 iyu 09:15
Yangiliklar
Fyurini samolyot reysidan qoldirib yuborishdi. Bu safar u... (FOTO)
Malum bo'lishicha, AQSH immigraciya xizmati "Lo'lilar Qiroli"ning SHtatlarga kirishiga ruxsat bermagan. Bunga Fyurining giyohvand moddalar kontrabandasida gumon qilinayotgan mafiya azosi Deniel Kinaxan bilan aloqada bo'lgani sabab qilib ko'rsatilgan.
SHtatlarda Kinaxanni hibsga olish uchun order berilgan. Bundan tashqari may oyida AQSH rasmiylari unga aloqador 600 kishining mamlakatga kirishini taqiqlagan. Malum bo'lishicha ular orasida mashhur professional boks vakillari ham bor.
Eslatib o'tamiz, Kinaxan Tayson bilan shartnoma tuzgan MTK Global promouterlik kompaniyasi asoschisi hisoblanadi. Bundan tashqari Fyuri 2022 yil fevral oyida Dubay mafiyasi bilan uchrashgan.
Bo'lgan voqealardan so'ng Buyuk Britaniya rasmiylari bokschiga Kinaxan bilan aloqador ishlarga aralashmasligini maslahat berdi. Aks holda u jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Fyuri Kinoxan biznesining mafiyaga aloqasi yo'qligini va Deniel bilan birga tushgan surat uni jinoyatchiga aylantirmasligini takidladi.
Avvalroq, tunislik jangchi Munir Lazzez UFC Vegas 51 turnirida g'alaba qozonganidan so'ng qidiruvdagi irlandiyalik Deniel Kinaxanga minnatdorchilik bildirgan edi.
Fikrlar