01 noy 14:20
Yangiliklar
Boks/MMA
Fyurining jamoasidagilar jang nima uchun 23 dekabr kuni o'tkazilmasligiga tushuntirish berdi
Tayson Fyurining menejerlaridan biri Spenser Braun Aleksandr Usik bilan jang nima uchun 23 dekabr kuni o'tkazilmasligini aytdi.
"Yo'q, jang 23 dekabr kuni o'tkazilmaydi. Agar Tayson 23 dekabr kuni jang o'tkazishga majbur bo'lganida ringga chiqardi. Ammo u Ngannu bilan jangda jarohat oldi. Jarohat jiddiy emas, lekin 23 dekabr kuni jang qilmaydigan darajada. Bahs har qanday holatda ham bo'ladi. SHartnoma tuzilgan. Ammo 23 dekabrda emas. Frenk Uorren poziciyamizni aniq tushuntirdi. Jang boshqa kuni o'tkaziladi, million foiz. Usikning jamoasi bizga bosim o'tkazmoqchi emas", - dedi Braun.
Havola :
Manba : Boxing King Media
Fikrlar