16 noy 18:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyurining otasi o'g'liga faoliyatini tugatishni maslahat beradi
Jon Fyurining fikricha, chempion isbotlashi kerak bo'lgan boshqa hech narsa yo'q.
Og'ir vaznda WBC chempioni Tayson Fyurining otasi Jon Fyurining fikricha, o'g'li karerasini tugatishi lozim. Unga ko'ra, jahon chempioni hamma narsaga erishgan va uning isbotlaydigan boshqa hech narsasi yo'q.
"Endi Tayson uzoq va munosib dam olishi kerak. Va bundan keyin nima bo'lishi faqat unga bog'liq. Men unga faoliyatini yakunlashni maslahat berdim. Unda boshqa isbot qiladigan hech narsa yo'q. Uning bankda millionlari bor, kelajagi kafolatlangan. U o'z taqdirining ustasi va o'zi xohlaganini qiladi», - dedi Fyurining otasi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar