21 okt 14:46
Yangiliklar
Tennis

Gael Monfis 24-raketkani mag'lub etdi
SHveciyaning Stokgolm shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha ATP turnirida 1/2 final ishtirokchilari malum bo'ldi.
ATP reytigida 140-pog'onani band etgan Gael Monfis bosh sovrinni ko'zlayapti. Franciyalik tennischi chorak finalda dunyoning 24-raketkasi bo'lib turgan vatandoshi Adrian Mannarinoni mag'lub etishni uddaladi - 7/5, 7/6(3).
Farang tennischilarining o'zaro uchrashuvlaridagi hisob Monfis foydasiga yana yiriklashdi - 5:2. Bir yuz etti daqiqa davom etgan bahsda Monfis 5, Mannarino 2 ta eys zarbani amalga oshirgan. Gael 2022 yilning yanvaridan buyon ilk bor yarim finalda o'ynaydigan bo'ldi. Uning final chiptasi uchun kechadigan uchrashuvdagi raqibi serbiyalik Laslo Djere bo'ladi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar