02 dek 08:54
Yangiliklar
Boks/MMA

Gandbolchilarimiz Ispaniyadagi jahon chempionatiga jo'nab ketishdi + FOTO
Ertaga Ispaniyada ayollar o'rtasida gandbol bo'yicha jahon chempionati boshlanadi.
Yaxshi bilasiz, ushbu musobaqada o'zbekistonlik gandbolchi qizlar ham ishtirok etishadi.
Bugun terma jamoamiz jahon chempionatida qatnashish uchun Ispaniyaga yo'l oldi.
Eslatib o'tamiz, terma jamoamiz jahon chempionatida D guruhidan o'rin olgan. Qizlarimiz guruhda Nederlandiya, SHveciya va Puerto-Riko terma jamoalariga qarshi bahs olib borishadi.
Bellashuvlar ertaga boshlanadi. Unda terma jamoamiz SHveciya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
Qizlarimiz ishtirokidagi o'yinlar:
3 dekabr: SHveciya - O'zbekiston
5 dekabr: O'zbekiston - Nederlandiya
7 dekabr: Puerto-Riko - O'zbekiston.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar