21 noy 14:01
Yangiliklar

Garsiya - Kembell. Navbatdagi qiziqarli bahsning sanasi malum + FOTO
WBC’ning vaqtinchalik chempioni maqomi uchun kechadigan jang 2 yanvar kuni bo'lib o'tadi. Bu haqda DAZN malum qildi. Aslida jang 5 dekabr sanasiga rejalashtirilgan, biroq Kempbellda koronavirus aniqlangani sabab bellashuv nomalum muddatga qoldirilgandi.
Malumot uchun, Rayan Garsiya so'nggi jangini 2020 yil 14 fevralida Fransisko Fonsekaga qarshi o'tkazib, raqibini 1-raunddayoq dahshatli nokautga uchratgandi. Garsiyaning hisobida ayni damda 20 ta g'alaba mavjud. 17 ta jangda raqiblarini nokaut evaziga mag'lub etgan.
33 yoshli Kempbell esa o'zining so'nggi jangini 2019 yil 31 avgustida Vasiliy Lomachenkoga qarshi o'tkazib, ochkolar evaziga mag'lub bo'lgandi. Britaniyalik bokschi hisobida esa 20 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyat bor. U 16 bor nokaut evaziga g'alaba qozongan.
Qayd etish joiz, ushbu bellashuv g'olibi WBC kamari sohibi Devid Heyniga (24-0, 15 KO) qarshi jang uchun majburiy davogarga aylanadi.
Fikrlar