03 jan 08:18
Yangiliklar
Boks/MMA
Garsiya - Kempbell jangi nokaut bilan yakunlandi + VIDEO
Bugun Texas shtatida yilning dastlabki katta boks oqshomi tashkil etildi.
Kechaning markaziy jangida engil vazn toifasi jangchilari Lyuk Kempbell va Rayan Garsiya o'zaro to'qnash keldi.
12 raundga mo'ljallangan jang etti raund davom etdi.
Jangning ikkinchi raundida Kempbell amerikalik bokschini nokdaun holatiga tushirdi. Ammo Garsiya o'zini yo'qotib qo'ymadi va ettinchi raundda o'zining kuchli zarbasi bilan raqibini muvozanatdan chiqardi. Ushbu vaziyatda Kempbell o'rnidan tura olmadi va shu tariqa Garsiya muddatidan oldin g'alabaga erishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar
Kambel kottaketgandi
Turolme qoldiyu oxiri