03 iyu 16:32
Yangiliklar
Boks/MMA

Gennadiy Golovkin: "Ehtimol, bu tarbiyam sababdir"
O'rta vaznda jahon chempioni Gennadiy Golovkin Saul Alvaresning jang oldi matbuot anjumanida aytib o'tgan gaplariga munosabat bildirdi.
"Menga qiyin bo'ldimi? Yo'q, o'zimni tutishim qiyin bo'lmadi, chunki bu odatdagidek holat edi. Men "o'zimda edim", uning o'ljasiga tushmadim. Men hech qachon kuchli ekanimga davo qilmaganman.
Ehtimol, bu tarbiyam sababdir, ehtimol xarakterim tufaylidir. Lekin kimningdir o'zini shunday tutayotganini ko'rsangiz, xafsalangiz pir bo'ladi", - deya Golovkinning so'zlarini keltiradi talkSPORT nashri.
Avvalroq, Golovkin va Kanelo o'rtasidagi uchinchi jang uchun chiptalar savdosi boshlangani haqida xabar bergan edik.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar