20 sen 11:35
Yangiliklar
Boks/MMA

Gennadiy Golovkinga revansh taklif qilishdi
O'rta vaznda sobiq jahon chempioni Deniel Jeykobs WBA va IBF chempioni Gennadiy Golovkin bilan revansh jangini o'tkazmoqchi.
Bokschilar o'rtasidagi ilk jang 2017 yilda bo'lib o'tgan va unda Golovkin hakamlar qaroriga ko'ra g'alaba qozongan edi.
"Bokschilarni qo'yib yuborish qiyin bo'ladigan lahzalar bor. Golovkin nima uchun faoliyatini o'zi istaganidek yakunlamoqchiligini bilaman. Men unga Denni Jeykobs kabi bokschi bilan jang qilishni maslahat bergan bo'lardim. O'tgan safar biz ajoyib jang uyushtirgan edik. Menimcha, muxlislarga ham bu jang juda yoqqandi. SHubhasiz, men hali ham o'rta va supero'rta vaznlarda jang qila olaman", - dedi Jeykobs.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar