09 iyu 07:28
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/226106_220.jpg)
Genri Sexudo: "CHimaev o'rta vaznga o'tsa, Adesanyaning kamari xavf ostida qoladi"
Sobiq UFC chempioni Genri Sexudo Xamzat CHimaev o'rta vaznga o'tgan taqdirda, chempionlikka erisha oladi, deb hisoblamoqda.
"Xamzat CHimaevdek jangchi o'rta vaznga o'tsa, Israel Adesanyaning kamari xavf ostida qolishiga hali ham ishonaman. CHimaev yarimog'ir vaznda jang qilishga biroz qiynalmoqda, buni bilamiz. Xullas, u o'z uyini o'rta vazndan topib, bir nechtasining yuzini bejaydi, menimcha", - dedi Sexudo.
Eslatib o'tamiz, Genri Sexudo so'nggi bor 2020 yilda, Dominik Kruzga qarshi jang qilgan edi. Avvalroq, Genri rossiyalik Petr Yanga munosib raqib ekani aytilgandi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar