18 jan 19:25
Yangiliklar
Boks/MMA

Genri Sexudo: "Rus bayrog'ini ko'taraman va Pyotr Yanni yanchib tashlayman"
Yarim engil vaznda chempionlik jangini qo'lga kirita olmagan Genri Sexudo super engil vaznga qaytib, UFC kamarini qo'lga kiritmoqchiligini aytdi.
"Men Rossiyaga borib, Pyotr Yan bilan jang qilishni xohlayman. Bu tasqarani o'z vatandoshlari qarshisida yanchib tashlayman va rus bayrog'ini ko'taraman. Ha bu yigitni burdalab tashlayman. Sovuqqonlik, masofa va boshqa jihatlarda u juda kuchli, tan olaman. Ammo Yan menga raqobat qila olmaydi. Men u uchun juda aqllilik qilaman.
Men o'z kurashim bilan Yanni erga yiqitib, uni mahv etaman. Sexudo Aljameyn Sterling emas, yigitlar. Men bu yigitlardan ancha-muncha kuchliroqman. Maykl Jordan basketbolda eng kuchlisi bo'lgan. Uning futbolda ham shunday o'ynashini tasavvur qilib ko'ring. Bu aynan men qila oladigan ish. Menga shunchaki imkoniyat va bir chamadon pul kerak", - deydi Genri Sexudo.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar