09 jan 16:37
Yangiliklar
Boks/MMA
Genri Sexudo va Muhammad Yahyo UFC ro'yxatidan chiqarildi
Ikki vaznda sobiq UFC chempioni, amerikalik 38 yoshli Genri Sexudo va BAA vakili 31 yoshli Muhammad Yahyo Dana Uaytning promoushenidan rasman chetlatildi.
Sexudo Las-Vegasda bo'lib o'tgan UFC 323 turniri doirasida hamyurti Peyton Talbottga qarshi kechgan jangda hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lubiyatga uchraganidan so'ng faoliyatini yakunlaganini elon qilgandi. Sexudo ikki vaznda UFC chempioni bo'lishdan tashqari, erkin kurash bo'yicha 2008 yilgi Olimpiya o'yinlari g'olibi ham hisoblanadi. U faoliyatida 16 g'alaba va 6 mag'lubiyat qayd etgan.
Yahyo esa UFC’da uchta jang o'tkazib, barchasida mag'lubiyat alamini totib ko'rgan.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar