26 may 16:13
Yangiliklar

Gilbert Byorns: "CHimaevga mag'lub bo'lganimdan so'ng mashhurlikka erishdim"
"Men har doim o'z maqsadimga erisha olganman. Mana yana bir maqsadimga erishdim. Endi men mashhurman, bundan to'liq foydalanishim kerak. Endi muxlislar meni ko'chada ko'rishsa, aqldan ozib qolishyapti. Endilikda meni juda ko'p reklama shartnomalariga, qiziqarli dasturlarga taklif qilishmoqda, bularning barchasi keyingi jangimda albatta yordam beradi.
Keyingi jangimga qon tami bilan chiqaman. Odamlar hech qachon taslim bo'lmasligimni ko'rishdi va kuchli ekanimni baholashdi. Imkoniyatlarimni namoyon etishga tayyorman, nufuzli raqibga qarshi jang qilmoqchiman. Reytingdagi o'rnimni yaxshilashni xohlayman, keyin esa bu ahmoqona kamarni yutaman. Endi menga faqat katta jang kerak", - deya Byorsning so'zlarini keltiradi Middle Easy.
Fikrlar