So’nggi yangiliklar

21:57Двалишвили Нурмагомедовга "ответ" қилди: "Сизлар майда одамсизлар" 0 21:29"Милан" 4 футболчисини трансферга қўяди 0 20:55"Туран жангчиси" UFC`дан четлатилди 0 20:22Ислам Махачевга Конорга қарши бокс жанги таклиф қилинди 0 19:58Кудерметова Cincinnati Open саралаши финалига йўл олди 0 19:33Маркиньос ПСЖ билан 40-совринини қўлга киритди 0 19:00Тошкент мезбонлик қиладиган World Boxing Жаҳон кубоги финал турнирининг саналари ўзгарди 0 18:08Астана Челленжери. Сергей Фомин ҳам ғалабали юришини давом эттирмоқда 0 17:30Қозоғистон президенти Шавкат Раҳмоновнинг отаси вафотига муносабат билдирди 0 16:46“Барселона” вингери операция қилинди 0 16:04ИНТЕРВЬЮ. UFC собиқ жангчиси Маҳмуд Мурадов билан суҳбат 0 15:28Цветков ва Ростовцев Будапештдаги турнирда 3 та медални қўлга киритишди 0 14:50Бунақаси биринчи марта: Дана Уайтнинг ёрдамчиси Dana White’s Contender Series турнирида жанг қилиб, UFC шартномасини қўлга киритиш имкониятига эга бўлади 0 14:09Ўзбекистон МТЖ Басрадаги мусобақада иштирок этиши мумкин 0 13:36"Царукян UFC чемпионлик жангига лойиқ" - собиқ чемпион 0

07 iyu 07:42
Yangiliklar

Gimnastika

Gimnastika barcha uchun. Navoiyda katta musobaqa o'tkazildi

Navoiy shahridagi Yoshlar sport majmuasida xotin-qizlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini mustaxkamlash, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan ommaviy tarzda shug'ullanishga jalb qilish maqsadida Gimnastika barcha uchun nomli viloyat birinchiligi o'tkazildi.

Musobaqada Navoiy viloyatining barcha tumanlaridan 300 nafardan ziyod gimnastikachilar ishtirok etishdi. Bellashuvlar turli yosh toifalarida tashkil etildi.

12-16 yoshli sportchilar o'rtasida Navoiy shahri vakillari birinchi o'rinni band etishdi. Ikkinchi va uchinchi o'rinlar Zarafshon shahri va Xatirchi tumani gimnastikachilariga nasib etdi. 17-18 yosh toifasida kechgan bahslarda ham navoiyliklar tengsiz bo'lishdi. Ikkinchi pog'onadan Zarafshon shahri va Nurota tumani sportchilari joy olishdi. Uchinchi o'rinni Nurota tumani jamoasi egalladi. 

20-25 yoshli gimnastikachilar bahsida Xatirchi tumani jamoasi birinchi bo'ldi. Ikkinchi va uchinchi o'rinlar mos ravishda Nurota va Karmana tumani jamoalariga nasib qildi.

Jamoaviy bahslarda esa 90 ball jamg'argan Xatirchi jamoasi birinchi o'rinni egalladi. Ikkinchi o'rindan Zarafshon shahri (60,8 ball) band etdi. Uchinchi o'rindan esa Nurota tumani (59,5 ball) joy oldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing