So’nggi yangiliklar

16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0 10:08Сауль Альварес навбатдаги ғалабасига эришди, Мунгия ҳам ғолиб 0 09:50UFC ойнинг энг яхши жангини эълон қилди 0 08:45Рамазон Темиров Каванага қарши мағлубиятдан кейин илк бор мухлисларга мурожаат қилди 0 07:59"Барселона" иккита мағлубиятдан сўнг бор аламини "Алавес"дан олди, "кўк-анорранглилар" рақиб дарвозасига 6 та тўп киритишди 0 19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0

08 okt 14:39
Yangiliklar

Boks/MMA

G'iyosov bilan ehtimoliy to'qnashuvi aytilgan Menni Pakyao navbatdagi jangi sanasini elon qildi

Sakkiz vazn toifasida sobiq jahon chempioni, 46 yoshli Menni Pakyao hali beri charm qo'lqoplarini mixga ilmoqchi emas.

Filippinlik boks afsonasi 24 yanvar kuni AQSHning Las-Vegas shahrida o'tkaziladigan prof boks oqshomida ringga qaytishini oshkor etdi va tez orada raqibining ism-sharifini elon qilishga vada berdi.

"Barcha muxlislarimga salom. 24 yanvar kuni Las-Vegasda ringga qaytishimni mamnuniyat bilan malum qilaman. Bu ajoyib va o'ziga xos shou bo'ladi. Yaqin kunlarda raqibim haqida yangilik bo'ladi", - dedi dekabrda 47 yoshga to'ladigan Pakyao ijtimoiy tarmoqdagi videosida.

Eslatib o'tamiz, Pekmen 4 yillik tanaffusdan so'ng shu yilning yozida professional ringga qaytgandi. U 19 iyul kuni Las-Vegasda bo'lib o'tgan yarim o'rta vazn toifasida WBC chempioni Mario Barriosga qarshi jangda hakamlar qaroriga ko'ra durang natija qayd etgan edi. Hakamlarning bu qarori Pakyaoga ham, tomoshabinlarga ham yoqmagandi.

Menni avvaliga Barrios bilan ikkinchi jangni xohlayotganini aytgandi, ammo keyinroq boshqa raqib izlashga kirishdi. Ayni paytda u yanvar oyida yarim o'rta vazn toifasida WBA chempioni Rolando Romeroga qarshi jang o'tkazish bo'yicha muzokara olib bormoqda, deb yozadi ESPN.

Darvoqe, bir necha kun oldin hamyurtimiz SHahram G'iyosov bo'lajak jangi haqida gapirib, yanvar oyida aynan Payao - Romero jangi g'olibiga qarshi ringga chiqishini malum qilgandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing