14 dek 13:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Glover Teyshera chempionlik jangi haqida gapirdi
Sobiq UFC kamari sohibi Glover Teyshera Jamal Xillga qarshi chempionlik jang haqida fikr bildirdi.
"U ajoyib va kuchli jangchi. Uni mag'lub etish va kamarni qaytarib olishim uchun qattiq mehnat qilishim kerakligini bilaman. Umid qilamanki, bizning jang g'olibi aniq bo'ladi va kamar o'z egasini topadi", - deya fikr bildirdi Teyshera.
Eslatib o'tamiz, Teyshera va Xill hozirda vakant bo'lib turgan kamar uchun 22 yanvar kuni UFC 283 kechasida oktagonga ko'tarilishadi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar