22 iyu 07:01
Yangiliklar
Boks/MMA
G'ofur Rahimovni tabriklaymiz!
Bugun taniqli xalqaro sport arbobi, O'zbekiston professional boks federaciyasi raisi o'rinbosari Rahimov G'ofur Ahmedovich o'zining qutlug' 71 yoshini nishonlamoqda.
G'ofur Rahimov turli yillarda Xalqaro boks associaciyasi, Osiyo boks konfederaciyasi, Osiyo Olimpiya kengashi, Milliy olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston professional boks federaciyasi kabi turli nufuzli sport tashkilotlarida rahbar lavozimida faoliyat olib borgan. U kishi O'zbekiston va jahonda olimpiya harakati rivojiga ulkan hissa qo'shib kelmoqda.
Saytimiz o'quvchilari, O'zbekiston professional boks federaciyasi oilasi hamda boksga befarq bo'lmagan millionlab insonlar nomidan G'ofur Ahmedovichni bugungi unutilmas kun, qutlug' sana bilan samimiy muborakbod etamiz. Ularga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, farzandlar, nabirayu evaralar rohatini uzoq yillar ko'rib yurishlarini tilaymiz.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar