26 may 14:41
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/39365_220.jpg)
Golovkin “Kanelo”ga qarshi ikkinchi jang uchun o'z shartini aytdi
O'rta vazn toifasida uchta yo'nalishi chempioni bo'lib turgan Gennadiy Golovkin meksikalik Saul “Kanelo” Alvaresga qarshi o'tkazilishi kutilayotgan ikkinchi jang uchun o'z shartlarini bayon qildi.
Qozog'istonlik jahon chempioni o'tgan yili durang bilan yakunlangan jangda 20 million dollarga ega bo'lgandi. Davogar Alvaresning daromadi esa 50 million dollardan oshgandi.
Golovkin 70ga 30 foizdagi gonorar bo'linishini o'ta adolatsizlik deb baholadi. U ikkinchi jangda kamida gonorar ulushi 50ga 50 foiz ko'rinishida bo'lishini talab qildi. Aks holda jangga rozilik bermasligini promouteri Lefflerga aytdi.
Havola :
Fikrlar