26 sen 15:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Golovkin promouteri bilan kelajak faoliyatini muhokama qildi
O'rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Gennadiy Golovkin (38-1-1, 34 KO) o'z promouteri Tom Leffler bilan uchrashib, kelajak faoliyatini muhokama qilib oldi.
Lefflerning so'zlariga qaraganda, Golovkin kichik tanaffus olishga qaror qilgan. Gennadiy bu yil hisobida boshqa jang o'tkazmaydi.
“Gennadiy tanaffus olib, kelajak faoliyati haqida bir to'xtamga kelishni maqsad qilgan. U qachon ringga qaytishini aytmadi. Golovkin ham xuddi biz kabi hakamlar chiqargan qarordan norozi. Menimcha, u bu yil hisobidan yana jang o'tkazsa kerak. Kaneloga qarshi o'tkazilishi mumkin bo'lgan jang haqida esa hozircha hech narsa deya olmayman”, - dedi Leffler.
Havola :
Fikrlar