26 may 11:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Golovkinning promouteri: SHartnoma deyarli tayyor!
O'rta vazn toifasida uchta yo'nalish bo'yicha jahon chempioni Gennadiy Golovkinning promouteri Tom Leffler meksikalik Saul “Kanelo” Alvares bilan revansh jangi yuzasidan muzokaralar deyarli yakunlanganini malum qildi.
Malumotda aytilishicha, jang sentyar oyida bo'lib o'tadi. Aynan o'sha paytda Alvaresning yarim yillik diskvalifikaciya muddati yakunlanadi. Tomonlar yangi shartnoma imzolashmaydi. May oyida o'tkazilishi kerak bo'lgan jang shartnomasi shunchaki sentyabr oyiga o'zgartiriladi.
“Men doimiy tarzda Golden Boy promouterlik kompaniyasi prezidenti Erik Gomes bilan aloqadaman. Ikki promouterlik kompaniyasi takroriy jangning o'tkazilishiga tayyor. Endi hamma gap bokschilarning shartnoma bandlarini o'zaro kelishib olishida qoldi”, — dedi Leffler.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar