07 mar 09:52
Yangiliklar

Grand Prix Upper Austria 2025. Bugun ikki dzyudochimizga muxlislik qilamiz
Dunyoning 52 davlatidan jami 416 nafar (247 erkak, 169 ayol) sportchi qatnashadigan ushbu musobaqada terma jamoamizning 7 dzyudochisi yurtimiz sharafini himoya qiladi. Bugungi ilk kun dasturidan o'rin olgan engil vazn toifasi vakillari ishtirokidagi bahslarda ikki dzyudochimiz tatamiga chiqadi.
Takidlash joiz, shu paytgacha -60 kg vazn toifasida faoliyat olib borgan Dilshodbek Baratov o'zini yangi vaznda sinab ko'radi. Bugun u ilk bosqichda belgiyalik Deni Altemirovga qarshi bahs olib boradi. Yosh dzyudochi qizimiz Laziza Haydarova esa ispaniyalik Mariya Gomes bilan to'qnash keladi.
Dzyudochilarimiz uchun qura natijalari:
-48 kg: Laziza Haydarova - Mariya Gomes (Ispaniya)
-66 kg: Dilshodbek Baratov - Deni Altemirov (Belgiya)
Grand Prix Upper Austria 2025 turnirining birinchi kungi saralash bellashuvlari bizning vaqt bilan soat 14:00da boshlanadi.
Fikrlar