14 apr 07:52
Yangiliklar
Tennis
Grigor Dimitrov Monte-Karlo "Masters"dagi ishtirokini yakunladi
Monte-Karlo kortlarida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha "Masters" seriyasiga kiruvchi nufuzli turnir o'zining qizg'in pallasiga kirdi.
Dunyoning 25-raketkasi bo'lib turgan bolgariyalik Grigor Dimitrov biroz kutilmaganda ATP reytingida 42-pog'onada borayotgan chexiyalik Irji Lexechkaga 6/7(4), 4/6 hisobida yutqazib qo'ydi.
CHexiyalik tennischi o'zaro uchrashuvlardagi hisobni o'z foydasiga o'zgartirdi - 2:1. Dimitrov 101 daqiqa davom etgan bahsda 3, Lexechka esa 2 ta eys zarbasini amalga oshirgan.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar