So’nggi yangiliklar

16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0 10:08Сауль Альварес навбатдаги ғалабасига эришди, Мунгия ҳам ғолиб 0 09:50UFC ойнинг энг яхши жангини эълон қилди 0 08:45Рамазон Темиров Каванага қарши мағлубиятдан кейин илк бор мухлисларга мурожаат қилди 0 07:59"Барселона" иккита мағлубиятдан сўнг бор аламини "Алавес"дан олди, "кўк-анорранглилар" рақиб дарвозасига 6 та тўп киритишди 0 19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0

11 okt 12:55
Yangiliklar

Boks/MMA

Grozniyda katta prof boks oqshomi o'tkazildi, unda 6 bokschimiz ham ringga ko'tarildi (Barcha natijalar)

CHecheniston Respublikasi rahbari Ramzan Kadirov bevosita arenada kuzatib borgan turnirning hamyurtlarimiz ishtirokidagi ikki jangi durang natija bilan yakunlandi.

"SOYUZ" promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan oqshomning asosiy jangi yarim og'ir vazn toifasida WBA International kamari uchun bo'lib o'tdi. Unda ikki rossiyalik bokschi – chempionlik kamari uchun sobiq davogar Umar Salamov hamda Yuriy Kashinskiy ringda o'zaro to'qnash keldi. Jangning ikkinchi raundida Salamov raqibini texnik nokautga uchratib, WBA International kamarini qo'lga kiritdi. 

Grozniydagi prof boks oqshomida 6 nafar charm qo'lqop ustamiz – Asadbek Tursunov, Asadbek Husanboev, Mirzohidjon Abdullaev, Madiyar Saydrahimov, Muzaffar Rasulov va Abdumutallib Xabibullaev reyting janglarini o'tkazishdi. Hamyurtlarimizning bari rossiyalik bokschilarga qarshi ringga ko'tarilishdi.

Afsuski, hech bir bokschimizga bu turnirda g'alaba qozonish nasib qilmadi. Og'ir vazn toifasida kechgan Mirzohidjon Abdullaev va Mansur SHukulov hamda Madiyar Saydrahimov va Sayxan Bakaev o'rtasidagi janglarda hakamlar durang natijani qayd etishdi. Qolgan bokschilarimiz rossiyalik raqilariga imkoniyatni boy berib qo'yishdi.


Prelim kard janglari natijalari

Ramzan Elmurzaev (Rossiya) – Asadbek Tursunov (O'zbekiston) – Elmurzaev ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi

Usman Magamadov (Rossiya) – Ilyas Naibxanov (Rossiya) – Magamadov ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi

Nikita Voronov (Rossiya) – Islam Kazyavin (Qozog'iston) – Voronov texnik nokaut evaziga g'alaba qozondi

Adam Alviev (Rossiya) – Asadbek Husanboev (O'zbekiston) – Alviev ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi

Yuriy Osipov (Rossiya) – Ernat Meirxan (Qozog'iston) – Osipov texnik nokaut bilan yutdi

Sayd-Xamzat Nasuxanov (Rossiya) – Vitaliy Derevyagin (Rossiya) – Nasuxanov ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi

Mansur SHukulov (Rossiya) – Mirzohidjon Abdullaev (O'zbekiston) – durang qayd etildi

Zelimxan Israimov (Rossiya) – Vladimir Jigaylov (Rossiya) – Israimov texnik nokaut evaziga zafar quchdi 

Ibragim Adalaev (Rossiya) – Varazdat CHernikov (Rossiya) – Adalaev texnik nokaut evaziga g'alaba qozondi

Sayxan Bakaev (Rossiya) – Madiyar Saydrahimov (O'zbekiston) – durang qayd etildi

Tarxan Idigov (Rossiya) – Artyom Pugach (Rossiya) – Idigov ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi


Anderkard janglari natijalari

Rizvan Elixanov (Rossiya) – Muzaffar Rasulov (O'zbekiston) – Elixanov texnik nokaut evaziga g'alaba qozondi

Apti Davtaev (Rossiya) – Server Emurlaev (Rossiya) – Davtaev raqibini texnik nokautga uchratdi

Mexdi Abdurashedov (Rossiya) – Abdumutallib Habibullaev (O'zbekiston) – Abdurashedov ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi

Beshto SHavlaev (Rossiya) – Maxmadrajab SHaripov (Tojikiston) – SHavlaev texnik nokaut hisobiga yutdi


Asosiy kard janglari natijalari

Idris Adalaev (Rossiya) – Adeyemi Adekanla (Nigeriya) – Adalaev texnik nokaut evaziga g'alaba qozondi

Artyom Suslenkov (Rossiya) – Agron Smakichi (Xorvatiya) – Suslenkov texnik nokaut evaziga g'alaba qozondi

Umar Salamov (Rossiya) – Yuriy Kashinskiy (Rossiya) – Salamov ikkinchi raundda raqibini texnik nokautga uchratdi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing