31 may 08:26
Yangiliklar
![](/upload/storage/39623_220.jpg)
“Gubernator kubogi”. Bugun 7 bokschimiz oltin medal uchun ringga chiqadi
Xalqaro turnirning yarim final janglaridan so'ng 7 nafar charm qo'lqop ustamiz final yo'llanmasini qo'lga kiritgan edi. Bugun ular “Gubernator kubogi”ning oltin medali uchun ringga ko'tarilishadi.
Etiborlisi, ulardan ikki nafari - Rio Olimpiadasi chempioni SHahobiddin Zoirov hamda Miraziz Mirzahalilov -56 kg vaznda o'zaro chempion nomini aniqlashadi.
Yarim finalda mag'lubiyatga uchragan Jasurbek Latipov, Iqboljon Xoldorov va Sanjar Tursunovlar esa xalqaro turnirning bronza medali bilan taqdirlanishdi.
Final juftliklari:
-49 kg: Hasanboy Do'smatov - Bator Sagaluev (Rossiya)
-56 kg: SHahobiddin Zoirov - Miraziz Mirzahalilov
-60 kg: SHunqor Abdurasulov - Albert Batyrgaziev (Rossiya)
-75 kg: Isroil Madrimov - Gleb Bakshi (Rossiya)
-81 kg: Bektemir Meliqo'ziev - Georgiy Kushitashvili (Rossiya)
+91kg: Bahodir Jalolov - Vladislav Muravin (Rossiya)
Fikrlar
Uzbek 4 oltin 3 kumush
Armaniston 1 oltin 1 kumush
Qirgiziston 1 oltin
Qozoģiston 1 kumush
Bronzalarni toliq eslolmiyman.